Bosh ogʻrigʻi kuchayadi, qon bosimida “sakrash” boshlanadi, bosh aylanishi paydo boʻladi.

Kuchli magnit boʻroni 5-noyabr, shanba kuni kutilmoqda. Uning kuchi 5 ball boʻladi. Kayfiyatning keskin oʻzgarishi, quvvatning pasayishi, tushkunlik kuzatilishi mumkin.

“Atmosfera buzilishi” ayniqsa homilador ayollar, qariyalar va yosh bolalarga salbiy taʼsir qiladi. Bundan tashqari, ruhiy kasalliklar bilan ogʻrigan — asab tizimlari geofizik hodisalarga juda sezgir boʻlgan odamlarning ahvoli yomonlashishi ehtimoli yuqori. Shu bilan birga, ekspertlarning taʼkidlashicha, hatto mutlaqo sogʻlom odamlar ham magnit boʻronining salbiy taʼsirini his qiladi.

«Magnit boʻronlari yurak-qon tomir tizimi kasalliklari — miokard infarkti, insult, gipertoniya bilan ogʻrigan odamlarga qattiq taʼsir qiladi. Qon bosimi koʻtariladi, koronar qon aylanishi yomonlashadi.

Bir kun avval boʻgʻimlarda ogʻriq, yurak bezovtaligi, bosh ogʻrigʻi kuzatiladi, uyqu buziladi», — deydi mutaxassis.

Shifokor tavsiyalari

Shifokorlar magnit boʻronlari paytida ayrim qoidalarga rioya qilishni maslahat berishmoqda:

Gipertonik bemorlar koʻproq suv ichishi va tuz isteʼmolini kamaytirishi kerak, chunki tuz tanadagi suyuqlikni ushlab turadi va bosimning oshishiga olib keladi.

Shuningdek, magnit boʻronlari paytida tinchlantiruvchi damlama qabul qilish, jismoniy faoliyatni cheklash, yetarlicha uxlash, toʻgʻri ovqatlanish, sport bilan shugʻullanmaslik tavsiya etiladi.

Qonning ivishi va trombotsitlar faoliyatining kuchayishi qonni suyultiradigan vositalarni qabul qilishni taqozo etadi. Lekin har qanday holatda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Ob-havo sharoitlari taʼsirini minimallashtirish uchun doimo salomatlikni yaxshilash muhimdir. Buning uchun esa: “Nafaqat dori-darmonlardan foydalaning, balki jismoniy tarbiya bilan shugʻullaning, ish va dam olish tartibini toʻgʻri tashkil qiling, muvozanatli ovqatlaning”, — deya xulosa qildi shifokor.

Astronomlar nima deydi?

Vaqti-vaqti bilan Quyoshda va yulduzning ichki qismida chaqnashlar va zarba toʻlqinlari sodir boʻladi. Natijada, energiya zarralari turli yoʻnalishlarda “tarqaladi”, ularning bir qismi Yer magnitosferasiga tushadi. Zarba toʻlqini magnitosfera bilan toʻqnashganda sayyora “qalqoni” tebranib, titray boshlaydi. Bunday tebranishlar magnit boʻronlari deb ataladi.

“Magnit boʻronlari sayyoraviy xususiyatga ega boʻlib, Yer va yerga yaqin kosmik fazoga global taʼsir koʻrsatadi. Boʻron paytida butun yerning magnit maydoni «bezovtalanadi”. Bu buzilishlar turli hodisalarga olib keladi. Yer atmosferasining barcha qatlamlari — ionosfera, plazmasfera, magnitosfera oʻzgarishlarga uchraydi. Energetik zarralar va oqimlar paydo boʻladi», deydi mutaxassis.

Har qanday kosmik hodisa natijasida energiya toʻlqinlari deb ataladigan tebranishlar paydo boʻladi. Ushbu toʻlqinlar inson organizmiga bevosita taʼsir qiladi.

“Magnit boʻronlari sodir boʻlganda, Yer atmosferasi qiziydi, havo bosimi oʻzgaradi va odamlarda bosh ogʻrigʻi, boʻgʻimlar va boshqa kasalliklar zoʻrayadi”, deya qoʻshimcha qildi ekspert.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, insult, yurak xuruji va gipertonik kasalliklarning 70 foizi magnit boʻronlari paytida sodir boʻladi. Mutaxassislar, yuqoridagi baʼzi qoidalarga rioya qilish salomatlik va hatto hayotni saqlab qolishga yordam beradi, deb umid qiladi.