Mualliflarning fikricha, “okean sayyorasi” butunlay qalin suv qatlami bilan qoplangan sayyora bo‘lishi mumkin. Olimlar buni Yupiterning Ganimed va Kallisto hamda Saturnning Titan va Enselad yo‘ldoshlari bilan taqqqoslayapti.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sayyora Yerdan taxminan 70 foiz kattaroqdir. Olimlarga Yer massasidan qariyb besh baravar ko‘p bo‘lgan sayyora massasini taxmin qilish uchun 50 soatdan ko‘proq kuzatish kerak bo‘ldi. Shu bilan birga, ekspertlarning fikriga ko‘ra, u Yer kabi toshloq, ammo suv Yer massasida 1 foiz bo‘lsa, TOI-1452 bda u 30 foizgacha bo‘lishi mumkin.