Yerga oʻxshash yangi sayyora topildi

    Uning massasi zaminimizga qaraganda toʻrt marta ogʻirroq

    Phys.org.saytining xabar qilishicha, astronomlar Ross 508 nomi bilan mashhur boʻlgan M-karlik yulduzi atrofida aylanuvchi Yerga oʻhshash yangi super sayyora mavjudligini aniqlashdi. Uning ogʻirligi yerga nisbatan toʻrt marta katta ekan.

    Ushbu sayyora oʻz yulduzi atrofini har 10,75 kunda bir marta aylanadi.

    Xabarda aytilishicha, Ross 508 ning atrofidagi M- karlikka monand sovuq sayyoralarnin kashf etilishi nur tezligi uslubi boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlarning samaradorligi namoyon etadi.

    Maʼlumki, sayyoralar massasi qancha katta boʻlsa, hayot mavjudligi uchun sharoit shuncha qulay hisoblanadi. Olimlar koinotda Yerdagiga nisbatan hayot rivojlanishi va xilma-xilligi uchun qulay sayyoralar mavjudligini taʼkidlab, insoniyat kelajagi hayot mavjud sayyoralarni qidirish bilan bogʻliq ekanligini aytishmoqda.