Musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 2007-2008-yillarda tavallud topgan jami 144 nafar yosh kurashchi gilamga chiqdi. Musobaqaning ikkinchi kuni 41, 48, 57, 68 va 85 kilogramm vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻldi.

Ikki kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga koʻra, 10 ta vazndan 4 tasida chempionlik shohsupasiga koʻtarilgan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji jamoasi Oʻzbekiston Kubogi sohibiga aylandi.

Ikkinchi kun gʻolib va sovrindorlari:

41 kg vazn toifasi

1. Rashidov Ulugʻbek (ROZK)

2. Oʻralov Sardor (Sirdaryo)

3. Rahmonjonov Mirzohid (Namangan)

3. Qoʻchqorov Hojiakbar (Toshkent viloyati)

48 kg vazn toifasi

1. Abdumalikov Sherbek (ROZK)

2. Aliyev Shahiron (Samarqand)

3. Xolmirzayev Abdulloh (Andijon)

3. Bahodirjonov Muhammadziyo (Andijon)

57 kg vazn toifasi

1. Jumanazarov Farruh (ROZK)

2. Erkinov Baxtiyor (Toshkent viloyati)

3. Xudoyorov Diyor (Xorazm)

3. Tursunboyev Asadxon (Sirdaryo)

68 kg vazn toifasi

1. Moʻydinov Umar (Sirdaryo)

2. Xolmamatov Asadbek (Toshkent)

3. Tillayev Elyor (Fargʻona)

3. Baxtiyorov Jahongir (Toshkent viloyati)

85 kg vazn toifasi

1. Ortiqov Ulugʻbek (ROZK)

2. Ismoiljonov Muhammad (Toshkent viloyati)

3. Rasulov Beksulton (ROZK)

3. Quvondiqov Salim (Buxoro)