Erkin kurashchi Ulugʻbek Rashidov jahon chempioni boʻldi

    Sport 26 Avgust 2024 833

    Oʻzbekistonlik erkin kurashchi Ulugʻbek Rashidov (-48 kg) Amman shahrida oʻtayotgan U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

    Barcha bellashuvlarda yaqqol ustunlik bilan raqiblarini magʻlub etgan Rashidov finalda eronlik Amirabbos Alizodani muddatidan avval taslim qildi.

    Shuningdek, bugun kun davomida kurashgan yana ikki nafar oʻzbekistonlik sportchi ertaga bronza medali uchun kurashni davom ettiradigan boʻldi.

    Oʻtish bosqichi:

    -51 kg: Ozodbek Alijonov - Ashot Gyulnazaryan (Armaniston)

    -92 kg: Asadbek Erkinjonov - Maykljit Singh (Kanada)