Erkin, yunon-rum va ayollar kurashi: yoshlarimiz JChda medallar uchun kurashmoqda

    Sport 21 Avgust 2021 2079

    Shu kunlarda Rossiyaning Ufa shahri erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bugun yunon-rum kurashi musobaqalariga start berildi.

    Quvonarlisi, -55 kg vazn toifasida hamyurtimiz Alimardon Abdullaev finalga chiqdi. U 1/8 finalda qirg‘izistonlik Akyikat Kuljigit uluni 5-1, chorak finalda ruminiyalik Denis Florinni 8-0, yarim finalda tojikistonlik Aslamjon Azizovni 8-3 hisobida mag‘lub etdi. U ertaga Jahon chempionligi uchun eronlik Amirrizo Dehbozorgiga qarshi gilamga chiqadi.

    Yana bir kurashchimiz Shahriyor Jo‘raboev esa bronza medali yo‘lida o‘tish bahsida ishtirok etadi. -87 kg vazndagi polvonimizning raqibi xorvatiyalik Kristian Lukach bo‘ladi. Ushbu juftlik g‘olibi turkiyalik Tansel Ortuchuga qarshi bahs olib boradi.