19-21 fevral kunlari K-indeksida 4 darajada magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, 22-28 fevralgacha K-indeksida 3 darajada yana bir magnit to‘lqini kuzatiladi. K-indeksi geomagnit faollikni tavsiflaydi va 3 soatlik intervalda Yer magnit maydonining normadan chetlanishini bildiradi.

Magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Magnit bo‘ronining salbiy ta’sirining eng keng tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:

 bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;

uyqu buzilishi;

diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;

qon bosimning buzilishi;

surunkali kasalliklarning kuchayishi;

og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;

ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynish;

holsizlik hissi.