Joriy yil 21-iyundan Tehron-Samarqand-Tehron yoʻnalishida muntazam yoʻlovchi qatnovlari yoʻlga qoʻyildi. Reyslar haftasiga bir marta — chorshanba kunlari shinam Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.
Maʼlumot uchun: Qeshm Air — 1993-yilda tashkil etilgan boʻlib, shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan. Eronning mazkur aviakompaniyasi mahalliy va xalqaro yoʻlovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.