Unda joriy yil 7-8-sentyabr kunlari Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazilishi haqidagi maʼlumotlar qalamga olingan.

Qayd etilganidek, xalqaro konferensiya Butunjahon oziq-ovqat kuniga, yaʼni har yili nishonlanadigan 16-oktyabr – BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tashkil etilgan sanaga bagʻishlab oʻtkazilishi maʼlum qilingan.

“Ushbu xalqaro anjumanga dunyoning turli mamlakatlaridan ilmiy va taʼlim muassasalari vakillari taklif etiladi, xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi standartlari, ovqatlanish, qayta ishlash va oziq-ovqat sifati, ekologiya va oziq-ovqat xavfsizligining dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi. Konferensiya doirasida Samarqand hahrida Oʻzbekiston oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtadi”, - deb yozadi "Fars News" AA.