Joriy yil 10-iyunda Transport vazirining birinchi oʻrinbosari Mamanbiy Omarov delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar transport va logistika sohasida hamkorlik aloqalarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdi.
Xususan, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlar jarayonida milliy tashuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish, tashuvlarda undiriladigan yigʻim va toʻlovlarni paritet asosida belgilash, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning transport-ekspeditorlik kompaniyalari bilan Eron hududi orqali yuk tashuvlaridagi mavjud muammolar muhokama etildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.