Eron uni tijorat kemasidan jangovar kemaga aylantirdi va uchuvchisiz uchish qurilmalarini tashish uchun foydalanishga topshirdi.

Eron davlat televideniyesi xabariga ko'ra, uchuvchisiz uchish qurilmalari tashuvchi harbiy kema mamlakat janubidagi Bandar-Abbos bandargohida Bosh shtab boshlig'i Muhammad Baqiriy va boshqa yuqori martabali amaldorlar ishtirokidagi marosimda Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi jangovar flotiga qo'shildi.

Uchuvchisiz uchish qurilmalari uchun 180 metrlik uchish-qo'nish yo'lagiga ega bo'lgan “Shahid Baqiriy” nomidagi kema ko'plab uchuvchisiz uchish qurilmalari, qanotli raketalar hamda vertolyotlarni tashiydi.

Davlat televideniyesi tomonidan efirga uzatilgan kadrlarda harbiy kemaning uchish-qo'nish yo'lagida kamida beshta vertolyot va sakkizta uchuvchisiz uchish qurilmasi borligini, Kahir-313 uchuvchisiz uchish qurilmalari uchish-qo'nish yo'lagidan havoga ko'tarilayotganini ko'rish mumkin, deb xabar beradi aa.com.tr.