Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.
Sun'iy yo'ldosh Imom Xomayniy kosmodromidan muvaffaqiyatli uchirildi. Fakhr-1 orbitaga Saman-1 tezlatuvchi blok bilan birga chiqarildi, uning vazifasi sun'iy yo'ldoshlarni yuqori orbitaga o'tkazishdan iborat.
Qayd etilishicha, harbiy sun'iy yo'ldoshning aksariyat komponentlari Eron kompaniyalari tomonidan loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, uning uchirilishi Eron koinot sanoati uchun foydali yuk bo'yicha yangi rekord o'rnatdi, bu safar u 300 kilogrammga yetdi.
Eron koinot dasturini 2004-yilda boshlagan. U 1959-yilda tuzilgan BMTning Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish qo'mitasining 24 ta asoschi davlatlaridan biridir, deb xabar beradi report.az.