Tashrif davomida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmasi rahbariyati bilan muzokaralar olib borilib, unda ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikning bugungi holati, xususan, qishloq xoʻjaligi, fan, taʼlim va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha oʻzaro investitsiyalarni jalb etish, innovatsiyalarni joriy etish va oʻzaro savdoni kengaytirish maqsadida Eron hududlarining tadbirkorlik subyektlari va xorazmlik ishbilarmonlar oʻrtasida oʻzaro sheriklik aloqalarini rivojlantirish choralarini koʻrish boʻyicha niyatlar bildirildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.