Eron Isroilga hujum qilish niyati haqida ogohlantirdi

    Eron Isroilga hujum qilishga qaror qildi va bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto orqali xabar yubordi. Bu haqda The Jerusalem Post gazetasi xabar berdi.

    Uning ma'lumotlariga ko'ra, Siyyarto yahudiy davlati Tashqi ishlar vazirligi rahbari Israel Katsga qo'ng'iroq qilgan va unga bu ma'lumotni Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Ali Bageriy Kani bilan suhbat chog'ida olganini tushuntirgan, deb xabar beradi tass.ru.

    “Eron Isroilga hujum qilish niyatida ekanini aytdi”, deya Katsning so'zlaridan iqtibos keltiradi The Jerusalem Post.