Dastlabki tergov natijalariga koʻra, vertolyot belgilangan marshrut boʻylab harakatlangan va parvoz yoʻnalishini oʻzgartirmagan. Halokatdan taxminan bir yarim daqiqa oldin halokatga uchragan vertolyotning uchuvchisi parvoz guruhidagi boshqa ikkita vertolyot bilan bogʻlangan.
“Halokatga uchragan vertolyot qoldiqlarida oʻq izlari yoki shunga oʻxshash hujum belgilari topilmadi. Vertolyot togʻ bilan toʻqnashib ketganidan keyingina yonib ketgan. Tergov shuni koʻrsatdiki, dispetcherlar va ekipaj oʻrtasidagi suhbatlarda shubhali hech narsa sezilmagan”, deyiladi Bosh shtab hisobotida.
Eslatib oʻtamiz, bortida 8 kishi, shu jumladan, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan boʻlgan vertolyot 19-may kuni kechqurun Eron delegatsiyasi Ozarboyjondan qaytayotganida halokatga uchragan va natijada uni bortida boʻlgan barcha halok boʻlgan edi.