«2005-yilda Eron SHHTda kuzatuvchi davlatga aylandi. Mamlakatning tashkilotga toʻlaqonli aʼzoligiga kirish jarayoni 2021-yilda boshlangan.
SHHTning Samarqand sammitida esa Eron Islom Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlat maqomini olish majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.
Bu Eronning Tashkilotga toʻlaqonli aʼzo boʻlishini anglatmaydi. Gap shundaki, bugun imzolangan memorandumga koʻra, rasmiy Tehron Tashkilot xartiyasidan kelib chiqib tegishli majburiyatlarni bajarishi va qator hujjatlarni ratifikatsiya qilishi kerak boʻladi.
Bu vazifalar toʻliq bajarilgandan keyin Eron toʻlaqonli aʼzo sifatida qabul qilinadi», – taʼkidladi milliy koordinator.