Eron ommaviy axborot vositalari bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib xabar berishdi.

Shu munosabat bilan Eron BMT Xavfsizlik Kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlarni qotillikda ishtirok etganlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

“Bunday teraktlar nafaqat Eron xalqining xavfsizlikni saqlash va milliy manfaatlarni himoya qilishdagi temir irodasini susaytira olmaydi, balki xalq va rasmiy shaxslarning o‘z vatanlarini himoya qilish qat’iyatini ham sezilarli darajada oshiradi”, deyiladi bayonotda.

Avvalroq Eron ommaviy axborot vositalari Larijoniyning o‘limini tasdiqlagan edi. Shuningdek, uning o‘g‘li Mortaza Larijoniy va Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi xavfsizlik xizmati boshlig‘i Sardar Nejad ham o‘ldirildi. Uning dafn marosimi bugun bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deb xabar berdi report.az.