Fors axborot agentligi xabar berishicha, Muhammad Boqir Qolibof va unga hamroh boʻlgan parlament delegatsiyasi Oʻzbekistonga uch kunlik tashrifdan soʻng Oʻzbekiston prezidenti hamda ushbu mamlakat qonunchilik palatalari va senati rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazgan, Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan eronlik ishbilarmonlar, ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashgan, shuningdek, mamlakatning madaniy va tarixiy markazlariga tashrif buyurib, bir muncha vaqt avval Tehronga yetib keldi.

Islomiy Kengash raisi Tehrondagi Mehrobod aeroportiga yetib kelgach, matbuot anjumanida ushbu safarni izohladi; Tashrif Oʻzbekiston Qonunchilik palatasi Spikerining rasmiy taklifiga binoan amalga oshirilgan bolib, u Oʻzbekiston Qonunchilik palatasi Spikeri bilan uchrashuvdan tashqari, Senat raisi va O'zbekiston prezidenti bilan uzoq muddatli uchrashuv oʻtkazdi.

Kengash raisi so'ziga qoshimcha qildi:" Ushbu safardagi tartibga koʻra, rasmiy uchrashuvlar oldidan Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi eronliklar bilan uchrashuv bolib oʻtdi va ayniqsa, bu uchrashuvda savdogarlar, ishlab chiqaruvchilar bilan iqtisodiy, tijoriy masalalari muhokama qilindi, biz bevosita ularning istak va muammolari bilan ham tanishdik.

So'ngra Oʻzbekiston Qonunchilik Palatasida yigʻilish boʻlib oʻtdi, unda ikki davlat oʻrtasidagi parlament, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Masalaning muhimligiga sabab, Oʻzbekiston mustaqillikka erishganiga qariyb 30 yil toʻldi va bu Eron Islom Kengashi raisining Oʻzbekistonga ilk bor tashrifidir" - deya davom etdi.

Islomiy Kengash raisi Oʻzbekistonning mintaqadagi oʻrni muhimligini ta'kidlab oʻtar ekan, bu davlatni Markaziy Osiyodagi eng koʻp aholiga ega davlat sifatida qayd etdi: "Oʻzbekiston yuqori iqtisodiy va madaniy salohiyatga ega, ayniqsa, togʻ-kon sanoati sohasi keyingi yillarda sezilarli darajada rivojlandi. O'tgan yillarda bu mamlakatning iqtisodiy o'sishi 7,5 foizga yetdi,  yalpi ichki mahsuloti esa 70 milliard dollarni tashkil qiladi.

Madaniy nuqtai nazardan, ikki davlat uzoq tarixiy aloqalarga ega, ikki davlatning madaniy imkoniyatlaridan mushtarak maqsadlarga erishish uchun foydalanish mumkin.

Ochiq suv havzalariga chiqish imkoniyati yoʻqligini hisobga olsak, O'zbekiston Eron Islom Respublikasi bilan aloqalarni oshirishdan manfaatdor, chunki Fors koʻrfazi, Ummon dengizi hamda Shahid Bahonar va Chobahor portlariga chiqish yoʻli Oʻzbekiston uchun katta ahamiyatga ega.

Parlament rahbari har uchala uchrashuvda ham Qonunchilik palatalari, Senat raislari va Oʻzbekiston Prezidenti bilan juda yaxshi kelishuvlarga erishilganini eslatib oʻtdi, iqtisodiy sohada yaqin bir necha oy ichida, xususan, sentabr oyining ikkinchi yarmida Prezidentning Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Shanxay shartnomasi sammitida ishtirok etishi belgilandi. Tadbirkorlar, tranzit haydovchilarining vizalarini bekor qilish, shuningdek, fuqarolarning ikki davlatda sayyohlik safarini osonlashtirish yuzasidan zarur kelishuvlar tuzilishi kerakligi muhokama qilindi.

Ishonchimiz komilki, raqamlashtirilgan dasturni ishlab chiqish orqali ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy ayirboshlash hajmini hozirgi 500 million dollardan 2 milliard dollargacha oshirish mumkin" - deya ta'kidlab o'tdi Parlament rahbari.

"Oʻzbekiston bilan aloqalarni mustahkamlash uchun yana bir imkoniyat - madaniy sohalardagi aloqalarni oshirish, ikki davlatning tarixiy, madaniy jihatdan koʻp umumiy jihatlari borligini inobatga olgan holda, biz Samarqand va Buxoro shaharlariga sayohat qildik. Ikki davlatning madaniy, diniy va etnik  jihatdan mushtarakligi bor, shu sababli bu imkoniyatdan munosabatlarni rivojlantirish sifatida foydalanish kerak".

Islomiy Kengash raisi Oʻzbekistonning yangi prezidenti tomonidan soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarga toʻxtalib o'tdi:" Biz bu imkoniyatdan foydalanib, har ikki tomonning talablarini bajarish uchun amaliy harakat qilishimiz mumkin.

Ikki tomonlama uchrashuvlarda muhokama qilingan yana bir mavzu xavfsizlik masalalari bo'ldi. Shuningdek, bu masala Afgʻoniston bilan bogʻliq bolib, ikki davlatning Afgʻoniston bilan chegaradosh ekanligi hisobga olindi. Biz Afgʻoniston masalasida bir xil fikrdamiz va ikki davlatning istagi mintaqada barqaror xavfsizlikni taʼminlash uchun inklyuziv hukumat tuzishdir.

Yaqin kelajakda biz Oʻzbekistonda qoʻshni davlatlar va xalqaro institutlar ishtirokida sammit oʻtkazilishiga guvoh boʻlamiz, umid qilamizki, bu sammit samarali boʻladi".

"Umuman olganda, bizning ushbu safarga bergan bahomiz juda ijobiy va uning samarasi mamlakatimiz aholisiga, iqtisodiyotga, ayniqsa, qoʻshni davlatlar bilan iqtisodiy almashinuvlarga taʼsiri yaqin kelajakda namoyon bo'ladi, deb umid qilamiz.  Shuningdek, men hamrohlik qilgan parlament delegatsiyasiga va Oʻzbekistonning yuksak mehmondostligiga oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman"- dedi kengash raisi.

Fors tilidan Iroda Rahmonaliyeva tarjimasi