“Davlat idoralari, banklar va maktablarni chorshanba va payshanba kunlari vaqtincha yopish toʻgʻrisidagi qaror Eron Sogʻliqni saqlash vazirligining yuqori harorat tufayli oftob urishi holatlari koʻpayishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishi bilan bogʻliq”, — deb xabar berdi Al-Arabiya telekanali.
Soʻnggi kunlarda mamlakatda havo harorati 40 darajagacha koʻtarilmoqda. Tehronda 1-avgust kuni termometr koʻrsatkichi 38 darajaga, janubi-gʻarbdagi Ahvaz shahrida esa 50 darajaga koʻtarilgan. Ob-havo prognozlariga koʻra, yaqin uch kun ichida Tehronda havo harorati 39 darajagacha koʻtarilishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.