Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovi munosabati bilan saylovoldi tashviqoti boshlanadi

    Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari munosabati bilan 30-may kuni saylovoldi tashviqoti boshlanadi.

    Bu haqda Eron ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiy xabar berdi.

    Bu jarayonda islom axloqiga asoslangan barcha qoidalarga amal qilinishiga umid bildirdi.

    Eron qonunlariga ko'ra, saylov kampaniyasining birinchi bosqichida nomzodlar saylov shtabiga hujjatlarni topshiradi. Eron Ichki ishlar vazirligi va Nazorat kengashi tomonidan hujjatlar o'rganilgach, nomzodlarning saylovoldi tashviqoti boshlanadi. Bu galgi prezidentlik saylovida saylovoldi tashviqoti 12-iyundan 27-iyungacha bo'lgan davrni qamrab oladi. Saylov 28-iyun kuni bo'lib o'tadi.

    19-may kuni Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bo'lgan vertolyot Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinidagi Verzegan shahri yaqinida qulab tushgan edi. Aviahalokat oqibatida prezident vertolyotining barcha yo'lovchilari va ekipaj a'zolari halok bo'ldi. Eron Konstitutsiyasiga ko'ra, 50 kun ichida tashkil etilishi kerak bo'lgan saylovgacha prezident vazifalarini birinchi vitse-prezident bajaradi, deb xabar beradi report.az.