Eronda prezidentlik saylovida ovoz berishning ikkinchi turi boshlandi

    Eronda mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da prezidentlik saylovining ikkinchi turi uchun saylov uchastkalari ochildi, mamlakat oliy rahbari Ali Humayniy birinchi bo'lib ovoz berdi.

    Jonli efirni IRIB telekanali olib bormoqda.

    Ovoz berish jarayoni boshlangani haqida Eron ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiy ma'lum qildi.

    An'anaga ko'ra, Ali Xumayniy ovoz berishda birinchi bo'lib ishtirok etdi va bu bilan Eron fuqarolariga o'rnak bo'ldi. Byulletenni qutiga tashlagach, Humayniy aholiga murojaat qilib, ikkinchi turda faolroq ovoz berishga chaqirdi.

    Ikkinchi turda prezidentlik uchun 69 yoshli islohotchi, sobiq sog'liqni saqlash vaziri Masud Pezeshkiyan va Eron rahbarining respublika Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi 58 yoshli vakili, konservativ Said Jaliliy kurashmoqda. 28-iyun kuni bo'lib o'tgan birinchi turda Pezeshkiyan va Jaliliy mos ravishda 44 foiz va 40 foiz ovoz olishdi. Saylovchilarning 40 foizi ishtirok etdi, bu 45 yillik islom respublikasi tarixidagi eng past ko'rsatkichdir, deb xabar beradi tass.ru.