Eronda prezidentlikka ikki nomzod saylovning keyingi bosqichiga o'tdi

    Bugun Eronda prezidentlikka nomzodlarning saylovning ikkinchi bosqichidagi ilk debatlari bo'lib o'tadi.

    Ma'lum qilinishicha, bahs ikki soat davom etadi. Bu vaqt davomida prezidentlikka nomzodlar Masud Pezeshkian va Said Jaliliy madaniy va siyosiy mavzudagi savollarga javob beradi.

    Teledebat Eronning birinchi kanali orqali mahalliy vaqt bilan 21:30 dan 23:30 gacha namoyish etiladi.

    28-iyun kuni Eronda prezidentlik saylovlari bo'lib o'tdi. Masud Pezeshkian 43 foiz, Said Jaliliy esa 38 foiz ovoz oldi va ular 5-iyul kuni bo'lib o'tadigan ikkinchi bosqichga o'tdi, deb xabar beradi report.az.