Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi maʼlum qildi.

Xabarga koʻra, hamyurtimiz hujjatlar bilan bogʻliq muammolar va ogʻir moliyaviy ahvolga tushib qolgani sababli mamlakatimizning Tehrondagi diplomatik vakolatxonasiga yordam soʻrab murojaat qilgan. Elchixona xodimlari fuqaroni qisqa muddatda Oʻzbekistonga qaytarish choralarini koʻrdilar.

Xususan, Eron rasmiy idoralari bilan hamkorlikda zarur xorijga chiqish vizasi rasmiylashtirildi. Shuningdek, “Zagros Air” aviakompaniyasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Tehron–Toshkent toʻgʻridan-toʻgʻri reysi uchun aviachipta imtiyozli shartlarda sotib olingan. Ayni damda fuqaro Oʻzbekistonga sogʻ-salomat qaytib kelgan.