Portugaliyalik futbolchi Tehronga bir kun avval Osiyo chempionlar ligasi o'yini uchun kelgandi. Futbolchiga aeroportda gilam sovg'a qilindi.

Futbolchining jamoadoshlari, shuningdek, uning o'ziga ham internetga cheksiz kirish imkoniga ega maxsus sim-kartalar berildi.

Ronaldu 2023-yilning yanvarida “Al-Nasr”ga o'tgan edi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo'ljallangan. Hujumchi joriy mavsumda 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi, deb xabar beradi mir24.tv.