Avvalroq Eron davlat teleradiokompaniyasi Eron Prezidenti Mas'ud Pezeshkiyon portlashdan keyingi vaziyat bilan tanishish uchun Bandar-Abbos port shahriga borganini xabar qilgandi.
Hormozgan viloyati gubernatori qoshidagi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i Mehrdod Hasanzoda portning sharqiy qismida bir qator konteynerlarda bitum va kimyoviy moddalar borligi sababli yong'in qayta boshlanganini aytdi, deb xabar beradi report.az.
Eslatib o'tamiz, 26-aprel kuni Bandar-Abbos shahridagi Shahid Rajoiy portida kuchli portlash sodir bo'lgan edi. Hodisa oqibatida, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, 40 kishi halok bo'lgan, jarohatlangan 1205 kishi shifoxonaga yetkazilgan.