2021-yil bahorida boshlangan kelishuvni yangilash bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi.

Eron yana yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan yuqori darajada boyitilgan uran ishlab chiqarishni ko'paytirishga kirishdi. Bu haqda MAGATE ma'lum qildi.

Eron Natang va Fordodagi maydonlarda uran ishlab chiqarishni yana kuchaytirdi. Noyabr oyining oxiridan buyon u 60 foizgacha boyitilgan to'qqiz kilogrammga yaqin uran ishlab chiqardi.

“Eronda uchta atom bombasi ishlab chiqish uchun 6 foizlik tozalikdagi uran allaqachon mavjud va uran ishlab chiqarishda davom etmoqda”, deb ta'kidladi MAGATE ekspertlari.

Eron rasmiy darajada yadroviy qurol ishlab chiqarish niyatini inkor etishda davom etmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.