Uchrashuv “UzCharmExpo-Leather Goods-2024” XVI charm, poyabzal, attorlik, moʻyna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar xalqaro koʻrgazmasi doirasida boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv doirasida Eronlik tadbirkorlar mamlakatimizda EVA, Polimer, Poliuretan xom ashyosidan qator mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirish tashabbusini bildirdi. Muloqotda ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishning istiqbollari koʻrib chiqildi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.