Shu munosabat bilan SHHT bosh kotibi Chjan Min bugungi kunni ham Eron, ham Tashkilot uchun muhim sana, deya atadi.
“Eronning ishtirokchi davlatlar guruhiga kirishi Shanxay hamkorlik tashkilotini mustahkamlaydi”, degan Chjan Min.
Memorandumda koʻzda tutilgan barcha majburiyatlar bajarilgach, Eron SHHTning toʻlaqonli aʼzosiga aylanadi.
Eslatib oʻtamiz, 2005-yilda Eron SHHTda kuzatuvchi davlatga aylandi. Mamlakatning tashkilotga toʻlaqonli aʼzoligiga kirish jarayoni 2021-yilda boshlangan.