Har kuni ertalab kundalik qilinadigan ishlarni muhim va nomuhimlarga ajratib chiqish uchun bir soatdan vaqt ajrating. Bu kuningizning unumli, tetik va xush kayfiyatda oʻtishini taʼminlaydi.
Agar har doimgi uygʻonadigan vaqtingizdan bir, bir yarim soat vaqtli uygʻonsangiz, yugurishga yoki ertalabki badantarbiya mashgʻulotlariga vaqtingiz yetadi. Bundan tashqari ertalabki jismoniy faollik kayfiyatni koʻtarib, kishiga quvonch bagʻishlaydi.
Nonushta — kunning eng muhim ovqatlanish qismi. Siz buni bilasiz, ammo vaqtingiz yoʻqligi tufayli oshqozoningiz “quruq” holatda koʻchaga otlanasiz. Tushlik yaqinlashgan sari esa ishtahangiz “uygʻona boshlaydi”. Erta uygʻonishning yana bir ijobiy jihati — siz nonushtani oʻtkazib yubormaysiz.