Ertadan Andijon – Samarqand – Andijon yo'nalishida muntazam yo'lovchi aviaqatnovlari yo'lga qo'yiladi

    Aviqatnovlar haftaning dushanba va seshanba kunlari amalga oshiriladi.

    Dushanba kuni Andijondan soat 11:20 da uchgan havo kemasi 12:30 da Samarqandda bo'ladi hamda shu kuni Samarqanddan soat 13:20 da uchgan havo kemasi 14:25 da Andijonda bo'ladi.

    Seshanba kuni Andijondan soat 11:20 da uchgan samolyot 12:30 da Samarqandda bo'ladi hamda shu kuni Samarqanddan soat 13:20 da uchgan havo kemasining Andijonga qo'nish vaqti soat 14:25.

    Ma'lumot uchun, birinchi sinov parvozlari ertaga, 27-sentyabrdan amalga oshiriladi. Chipta narxi yuksiz 210 ming so'm, yuk bilan 250 ming so'mni tashkil etadi