Ertadan kinoijodkorlar ishtirokidagi Navroʻz sayllari boshlanadi

    Milliy filmlar namoyishi ham koʻzda tutilgan.

    Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Mahallada duv-duv gap”, “Mahallamizda yangi Oʻzbekistonning yangi kinofilmlari” nomi ostida turli hududlarda taniqli kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar va milliy filmlar namoyishlari boʻlib oʻtmoqda.

    Ertaga Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi tomonidan Shayxontohur tumani Koʻkcha mahallasida Navroʻz sayli boʻlib oʻtadi. Unda taniqli kinoijodkorlar Umid Shodmonov, Umid Iskandarov, Nigina Anorboyeva, Shavkat Komilovlar ishtirok etadi.

    Maʼlumot uchun, Navroʻz arafasi taniqli kinoijodkorlardan iborat Kinokarvon viloyatlar boʻylab ijodiy safarga chiqishi belgilangan. Shuningdek, xalqimiz uchun milliy filmlar namoyishi ham koʻzda tutilgan.

    Kinematografiya agentligi Axborot xizmati