Ertaga 16-oktyabrdan muddatidan oldin ovoz berish boshlanadi

    Ertaga 16-oktyabrdan respublika boʻylab saylov uchastkalari soat 9:00 dan muddatidan oldin ovoz berish uchun ochiladi.

    Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

    Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

    Muddatidan oldin ovoz berish 2024-yil 16-oktyabr kuni boshlanib, 2024-yil 23-oktyabr kuni yakunlanadi.