“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;

havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin), ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari;

havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ayrim joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Oʻzgidromet” agentligi hafta boshidan Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishini maʼlum qilgandi.