Aksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning toʻrtinchi chorshanbasida oʻtkaziladi.
Shu kuni davlat tashkilotlari rahbarlari va xodimlariga, barcha hamyurtlarimizga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish, atrof-muhitni ifloslantirmaydigan jamoat transporti, velosiped va boshqa texnika vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Taʼkidlash joizki, jamoat transportidan foydalanish atmosferaga zararli moddalar chiqarilish darajasini pasaytirish, yoʻl infratuzilmasi bosimini kamaytirish va shaharlardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beradi.