Tadbir sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish va yirik shaharlarda transport harakati oqimini kamaytirish maqsadida oʻtkaziladi.
Shu kuni davlat tashkilotlarining barcha rahbar va xodimlariga, shuningdek, fuqarolarga shaxsiy transport vositalaridan jamoat transporti, piyoda yurish, velosiped va boshqa ekologik toza transport vositalari foydasiga voz kechish tavsiya etiladi.
Eslatib oʻtamiz, “Avtomobilsiz kun“ oylik aksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli Qaroriga muvofiq har oyning toʻrtinchi chorshanba kuni oʻtkazilmoqda.








