Ertaga “Avtomobilsiz kun“ aksiyasi boʻlib oʻtadi

    Mamlakatimizda 27 May 2025 1168

    Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash va yirik shaharlarimizda avtomobil harakati intensivligini kamaytirish maqsadida ertaga, 28-may kuni Nukus, Toshkent va barcha viloyat markazlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun“ aksiyasi oʻtkaziladi.

    Qayd etilishicha, anʼanaviy ravishda, ushbu kun davomida davlat tashkilotlari rahbarlari va xodimlariga, shuningdek, fuqarolarga shaxsiy avtomobillardan foydalanmaslik, jamoat transporti, piyoda yurish, velosiped va boshqa ekologik toza transport vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday tadbirlar atmosferaga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, shaharlarimizdagi shovqin darajasini pasaytirish, shuningdek, atrof-muhitga masʼuliyatli yondashuvni shakllantirishga qaratilgan.

    Maʼlumot uchun, “Avtomobilsiz kun“ aksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 21-fevralda imzolangan 37-sonli Farmon asosida har oyning toʻrtinchi chorshanbasida oʻtkaziladi.