Futbol bo'yicha Evropa CHempionlar ligasida chorak finalga yo'l olgan sakkiz klub nomi ma'lum. Ular Angliyaning “Liverpul”, “Manchester Siti”,  “CHelsi”, Ispaniyaning “Real”, Germaniyaning “Bavariya”, “Borussiya” D, Frantsiyaning “PSJ” va Portugaliyaning  “Portu” jamoalaridir.

Kecha so'nggi ikki uchrashuv o'tkazildi. Rimda yirik 4:1 hisobida g'alaba qozongan CHempionlar ligasining amaldagi g'olibi “Bavariya” “Latsio”ni Myunxenda ham mag'lub etdi – 2:1. Levandovski va SHupo-Motingning gollariga Parolo bitta to'p bilan javob qaytardi.

Londonning “CHelsi” klubi birinchi o'yinda Madridda “Atletiko”ni 1:0 hisobida yutgan edi. Londonda o'tgan javob uchrashuvida ham angliyaliklarning qo'li balan keldi – 2:0. O'yinning birinchi bo'limda Ziyosh hisobni ochgan bo'lsa, o'yin so'ngida emerson ikkinchi golga mualliflik qildi.

“CHelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel` bahsdan so'ng VVS Sport’ga bergan interv`yusida quyidagilarni aytdi:

“Juda yaxshi o'yin bo'ldi. Hamma qoyilmaqom harakat qildi, hatto tribunadagi yigitlar ham. Haqiqatan ham, keyingi bosqichga chiqishni istayotganimizni sezdik.  

Birinchi bo'limda raqib yuqori bosim o'tkazishga urindi, ammo yarim himoyada biz foydalana oladigan bo'sh hududlar bor edi. Ikkinchi bo'limda qiyin daqiqalar bo'ldi, lekin biz g'alaba uchun hamma narsaga tayyor edik...

CHorak final. Demak, finalgacha 4ta o'yin qoldi. Bu – katta qadam. Hissiyotlar yoqimli”.

ertaga ECHL chorak finaliga qur'a tashlanadi.