Ertaga elektr energiyasi uchun onlayn toʻlov jarayonida texnik uzilishlar kuzatilishi mumkin

    2024-yil 2-iyul soat 00:00dan 3-iyul soat 22:00gacha maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi. Shu sababli profilaktik ishlar vaqtida elektr energiyasi uchun onlayn toʻlov jarayonida texnik uzilishlar kuzatiladi.

    Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati maʼlum qildi.

    Bundan koʻzlangan maqsad “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda isteʼmolchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish.

    Mazkur vaqt oraligʻida elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisobraqamdagi mavjud maʼlumotlarni olishda texnik uzilishlar boʻlishi, shu bilan birga, isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor isteʼmolchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.