Bu haqda iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
Fuqarolar subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi, my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali ariza topshirishlari mumkin.
Ariza beruvchilar ijtimoiy mezonlar asosida baholanishi va kamida 30 ball toʻplashi shart.
Shuningdek, ular va yaqin qarindoshlarining oʻrtacha daromadi belgilangan chegaralarda boʻlishi lozim:
- hududlarda 3,4 mln soʻmdan 10,1 mln soʻmgacha,
- Toshkent shahrida esa 3,4 mln soʻmdan 11,6 mln soʻmgacha.
Muhim shartlardan biri — ariza beruvchi yoki uning turmush oʻrtogʻining nomida respublika boʻylab turar joy mavjud boʻlmasligi kerak. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim shaxslar esa alohida mezonlar asosida baholanadi.








