Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari tomonidan takliflar birma-bir muhokama qilinib, asosli takliflar boʻyicha aʼzolar oʻz xulosasini bildiradi.
Jarayon toʻgʻridan-toʻgʻri “Oʻzbekiston”, “UzReport”, “MY5”, “RenessansTV” telekanallari, shuningdek Konstitutsiyaviy komissiyaning Facebookʻdagi Bu mening konstitutsiyam rasmiy sahifasi orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Komissiya yigʻilishidagi muhokamalar barcha hamyurtlarimiz uchun ochiq, shaffof holda oʻtkaziladi.