Kinokartinada 7 yoshli bolakayning orzu-umidlari, ilk bor maktabga o'qishga borayotgandagi hayajonli lahzalari aks ettiriladi. Shuningdek, ustoz va murabbiylar mas'uliyati va ularning o'quvchilar hayotida tutgan o'rniga katta e'tibor qaratiladi.  

Senariy muallifi Begzod Aqbo'taev, postanovkachi rejissyor Abdulatif Haydarov, postanovkachi operator Kamoliddin Ziyovuddinov, rassom Alisher Umrzoqov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar Isamat ergashevlardan iborat ijodiy guruh ushbu fil`m tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishiga umid qilishmoqda.