Yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi mezbonligida oʻtadigan yilning asosiy musobaqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 450 nafar kurashchi mamlakat chempionligi uchun bahslarga kirishadi.
Uch kun davomida uchta yoʻnalish boʻyicha jami 30 ta medallar jamlanmasi uchun qiziqarli bellashuvlar boʻlib oʻtadi.
Musobaqaning birinchi kuni yunon-rum, 18-noyabrda erkin, soʻnggi kuni esa ayollar kurashi boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari aniqlanadi.