Tashkilotchilarga ko‘ra, «V International Tashkent Marathon»ni 5500 nafar ishtirokchini birlashtiradi. Ayni paytda 34 ta davlatdan yuguruvchilar marafonda ishtirok etish uchun ariza topshirgan. Toshkent marafoni «World Athletics‘» tashkilotining xalqaro musobaqalar taqvimiga kiritilgan.
Klassik marafonning litsenziyalangan standartini bajarish uchun ayollarga 2:26:10, erkaklar uchun esa 2:08:10 vaqt belgilangan. Turnirda belgilangan talablarni bajargan atletlarga 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozli Olimpiya o‘yinlariga litsenziya taqdim etiladi.
Marafon O‘zbekiston sharafini Zakirillo Mamatqulov va Vladislav Mamedov singari taniqli sportchilar himoyach qilishadi. Yarim marafon masofasida Shohrux Davlatov, Aziza Mirzakbarova, Yekaterina Tunguskova va Sitora Hamidova o‘z omadini sinab ko‘rishadi.
«Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda, birga yuguramiz» shiori o‘tkazilayotgan «Yangi Nafas» musobaqalari 3 km masofada bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirda 75 ming ishtirokchi qatnashish istagini bildirgan.
«Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi butun mamlakatimiz bo‘ylab bir vaqtda o‘tkaziladi. Tashkilotchilarga ko‘ra, ushbu ijtimoiy harakat aholi salomatligini mustahkamlash, xalqimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirishga qaratilgan.