Qayd etilishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida yuqoridagi tumanlarning quyidagi hududlariga 4-aprel kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Uchtepa tumani

Aholi isteʼmolchilari soni: “Diyorobod“ MFYdagi 43 ta koʻp qavatli uylar
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 10 ta

Chilonzor tumani

Aholi isteʼmolchilari soni: “Doʻmbraobod“ MFYdagi 778 ta, “Gavhar“ MFYdagi 640 ta, “Tirsakobod“ MFYdagi 528 ta va “Katta Doʻmbraobod“ MFYdagi 864 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 20 ta

Olmazor tumani

Aholi isteʼmolchilari soni: “Hastimom“ MFYdagi 135 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

Shayxontohur tumani

Aholi isteʼmolchilari soni: “Gulbozor“ MFYdagi 730 ta yerli xonadon va 54 ta koʻp qavatli uy
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 18 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.