12 Mar 2025
04:15

    Ertaga yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin

    Oʻzgidromet 3-fevral, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3-fevral kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

    • Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

    • Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

    • Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

    • Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

    • Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

    • Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.

    Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

    • Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech