Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida, ertaga 17- sentyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:
Yunusobod tumani: “Nurmakon”, “Sobirobod”, “Astrobod” MFYlarining ayrim hududlarida hamda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi binosida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin, — deyiladi xabarda.