“Odamlar qanday qilib ularda gastrit yuzaga kelganidan ajablanishadi. Ular yillar davomida nunushta qilishmaydi. Och qoringa qahva ichib, sigaret chekib, hammasi joyida, deb o'ylaydi. Har doim shunday o'ylab, to'satdan kasal bo'lib qolishadi”, deydi mutaxassis.
Diyetologning ta'kidlashicha, har qanday odamda bolalikdan surunkali gastrit yoki pankreatit bo'lishi mumkin. Ovqatlanish oralig'iga rioya qilmaslik, ovqatlanishdagi uzoq tanaffus bunday kasalliklarning avj olishiga olib keladi.
Shifokorning so'zlariga ko'ra, oshqozon-ichak tarakti bilan bog'liq surunkali kasalliklar rivojlanishining oldini olish uchun tez-tez, bir kunda kamida uch mahal ovqatlanish zarur. Asosiy ovqatlanish oralig'ida nimadir yeb turish ham muhim ahamiyatga ega, deyiladi iz.ru saytida.