Soʻnggi yillarda yurtimizda xalqimiz oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ommaviy sportni keng targʻib qilish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, jismonan yetuk, sogʻlom avlodni tarbiyalash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz rahbarligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida erta tongdan professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida ertalabki badantarbiya tadbiri tashkil etildi. Oʻtkazilgan tadbirda institut professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlaridan iborat 800 dan ortiq kishi ishtirok etdi.
Minajatdin QUTLЫMURATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.