Tadbirda Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi, Andijon tumani hokimligi xodimlari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“ERUDIT GARDEN” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan mazkur loyihaga 2 mlrd 950 mln oʻz mablagʻi va 2 mlrd 800 mln soʻm bank krediti hisobidan jami 5 mlrd. 750 mln. soʻm sarflandi.

Zamonaviy muassasada 175 nafar bolajonlarga ingliz, rus va koreys tillari hamda kompyuterda ishlash oʻrgatiladi. Bundan tashqari gimnastika bilan shugʻullanadilar.