Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzachoʻl tuman boʻlimi tomonidan Mirzachoʻl tuman TETKning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman ETK elektromontyori A.X. mutaxassis vazifasida ishlagan paytida, moddiy javobgar shaxs boʻla turib, aholi xonadonlari va ulgurji isteʼmolchilarga oʻrnatilishi lozim boʻlgan 68 mln soʻmlik 85 dona elektron hisoblagichlarni isteʼmolchilarga oʻrnatmasdan sotib yuborib, oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.